Ombor zaxiralarini boshqarish: korxonada «sog‘lom ombor» formulasi qanday ishlaydi?

Omborda qancha pul muzlab yotganini qanday hisoblash mumkin? Lead time, safety stock va ABC tahlil orqali sog‘lom ombor zaxirasini hisoblash qo‘llanmasi.

Ombor zaxiralarini boshqarish: korxonada «sog‘lom ombor» formulasi qanday ishlaydi?

Savdo va ishlab chiqarish kompaniyalarida eng katta mablag‘ aynan omborga ko‘milgan bo‘ladi. Ko‘plab tadbirkorlar «Omborda tovar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi, xaridor kelganda yo‘q demaymiz» degan qarash bilan ish yuritishadi.

Biroq hisob-kitob qilinmagan ortiqcha zaxira — bu omborda shunchaki chang bosib yotgan qutilar emas, balki biznesdan sug‘urib olingan va uxlab yotgan jonli naqd puldir.

Tovar qoldig‘ining «sog‘lom miqdori» nimaga bog‘liq?

Ombordagi zaxiraning yetarliligi pul summasi bilan emas, balki ushbu qoldiq hozirgi savdo tezligida necha kunga yetishi bilan o‘lchanadi.

Sog‘lom zaxira 3 ta asosiy omilga tayanadi:

1. Yetkazib berish muddati (Lead Time): Xaridga buyurtma berilgan kundan tovar omborga kelib tushguncha necha kun o‘tadi?

2. Savdo barqarorligi: Mahsulot bir kunda o‘rtacha necha dona yoki necha dollarga sotilmoqda?

3. Xavfsizlik zaxirasi (Safety Stock): Yo‘ldagi kutilmagan kechikishlar yoki talab sakrashini yopish uchun necha kunlik zaxira zarur?

Sog‘lom Ombor Zaxirasi = Yetkazib berish muddati (Lead Time) + Xavfsizlik zaxirasi (Safety Stock)

Amaliy misol: omborda uxlayotgan $1,000,000

Tasavvur qiling, kompaniyaning yillik savdosi $12 mln tashkil etadi.

Kunlik savdo: $12,000,000 / 365 = $33,000.

Yetkazib beruvchidan yuk kelish vaqti: 20 kun.

Xavfsizlik zaxirasi: 10 kun.

Ushbu biznes uchun me’yordagi ombor muddati: 20 + 10 = 30 kunlik savdo zaxirasi.

Pul ko‘rinishida: 30 kun × $33,000 = $990,000 (taxminan $1 mln).

Endi real holatni tekshiramiz:

Agar omborda $1 mln lik tovar bo‘lsa: Bu ideal holat. Pul haddan tashqari muzlamagan, savdo uzluksiz ta’minlanadi.

Agar omborda $2 mln lik tovar yotgan bo‘lsa: Bu 60 kunlik zaxira degani. Kompaniyaning $1,000,000 puli omborda keraksiz ravishda uxlab yotibdi. Bu mablag‘ni yangi filiallarga, marketingga tikish yoki bank kreditlaridan qutulish uchun ishlatish mumkin edi.

Agar omborda $500,000 lik tovar bo‘lsa: Bu bor-yo‘g‘i 15 kunlik zaxira. Mahsulot kelishiga esa 20 kun kerak. Demak, 15 kundan keyin omborda tovar tugaydi (stockout), xaridor qaytib ketadi va biznes savdoni boy beradi.

Xavfni qanday aniqlash kerak? Jami ombor emas, SKU tahlili

Ko‘p rahbarlar umumiy ombor balansiga qarab xotirjam bo‘lishadi. Ammo ombor ichiga kirilganda xavfli nomutanosiblik ochiladi:

TOP SKU (Lokomotiv tovarlar): Umumiy aylanmaning 80% qismini beradigan tovarlar zaxirasi atigi 10 kunga yetadi. Ular har doim tugab qolish arafasida turadi.

Slow SKU (O‘lik tovarlar): Savdosi sust bo‘lgan, omborda 180 kundan beri yotgan mahsulotlar ombor maydonini va millionlab aylanma mablag‘ni egallab turadi.

Bunday hollarda sekin sotilayotgan tovarlarni zudlik bilan chegirma va aksiyalar orqali sotib, naqd pulni bo‘shatish, tushgan pulni esa lokomotiv mahsulotlar ta’minotiga yo‘naltirish kerak.

SAP Business One zaxiralarni qanday avtomatlashtiradi?

Omborni Excel jadvallarida boshqarish tovarlar soni bir necha yuztadan oshganda samarasiz bo‘lib qoladi.

SAP Business One MRP (Material Requirements Planning) moduli zaxiralarni inson omilisiz nazorat qiladi:

Har bir tovar birligi (SKU) bo‘yicha savdo tezligi va xarid muddatini hisoblab boradi;

Qoldiq belgilangan xavfsizlik chegarasiga (Safety Stock) tushishi bilan ta’minot bo‘limiga avtomatik xarid talabnomasini chiqaradi;

Harakatsiz yotgan tovarlarni (Inventory Aging) tahlil qilib, kapital muzlashining oldini oladi.

Foydali havolalar:

Omboringizdagi muzlagan mablag‘ni aniqlash uchun Aylanma kapital kalkulyatoridan foydalaning.

Ishlab chiqarish va xomashyo omborini sinxronlashtirgan korxona keysini BRAUF Wood tajribasi orqali o‘rganing.

Ulgurji savdoda ombor nazorati bo‘yicha batafsil Ulgurji savdo yechimlari sahifasida tanishing.

Ombor zaxiralarini to‘g‘ri audit qilish uchun BIS-PRO mutaxassislariga murojaat qiling.