CRM va ERP Tizimlarining Farqi Nimada? Oddiy Tilda Tushuntiramiz
CRM va ERP nima? Ularning asosiy farqini futbol misolida tushuntiramiz. Sotuv, ombor, ishlab chiqarish va moliyani boshqarish haqida bilib oling.

Biznes egalari korxonani raqamlashtirish haqida oʻylaganda eng koʻp beriladigan savollardan biri: 'Bizga CRM kerakmi yoki ERP?'
Koʻpincha bu ikki tushuncha bir-biri bilan adashtiriladi. Keling, bu ikki tizimning farqini oddiy va tushunarli misol orqali koʻrib chiqamiz.
Futbol Misolida: Jamoada Kim Qayerda Oʻynaydi?
Tasavvur qiling, biznes — bu yaxlit bitta futbol jamoasi, kompaniyadagi xodimlar esa maydondagi oʻyinchilardir. Futbolda hujumchilar, yarim himoyachilar va himoya chizigʻi boʻladi.
Ushbu maydonda:
• CRM tizimi — bu jamoaning hujum qismi (Oldingi chiziq).
• ERP tizimi — bu jamoaning yarim himoyasi, himoyasi va darvozaboni (Orqa chiziq va tayanch).
Gʻalaba qozonish uchun faqat hujum qilish yetarli emas. Gol urilganidan keyin orqa chiziq mustahkam turmasa, jamoa oʻyinni boy beradi. Biznesda ham xuddi shunday.
CRM Vazifasi: Hujum va Gol Urish (Sotuv Chizigʻi)
CRM (Customer Relationship Management) toʻliq mijozlar bilan munosabatlarni boshqarishga xizmat qiladi.
Marketing boʻlimi olib kelayotgan lidlarni ushlab qolish va ularni xaridorga aylantirish — sotuvchilarning asosiy vazifasi. Barcha lidlarni 100% yopish qiyin, lekin CRM orqali ularning maksimal qismini saqlab qolish mumkin.
Moliyachi oylik hisobotni yigʻish uchun kunlab omborchiga telefon qiladi va qoldiqlarni aniqlashtiradi.
CRM tizimi nimalarni nazorat qiladi:
• Boʻlajak mijozlarning kontaktlari va ular bilan yozishmalar tarixi;
• Lidlar qaysi kanaldan kelgani va muzokaralar qaysi bosqichda turgani;
• Sotuv voronkasi (Sales Funnel) va menejerlarning faolligi.
Ya'ni, CRM tizimi yangi mijozni topadi, muzokara olib boradi va gol uradi — shartnoma tuzadi.
ERP Vazifasi: Himoya, Resurslar va Gʻalabani Saqlab Qolish
Mijoz bilan shartnoma tuzilgach, haqiqiy operatsion ish boshlanadi. Mijozga mahsulotni va’da qilingan vaqtda, sifatli va toʻgʻri miqdorda yetkazib berish kerak. Aynan shu yerda maydonga ERP (Enterprise Resource Planning) tushadi.
ERP tizimi quyidagi vazifalarni bajaradi:
• Buyurtma va [ishlab chiqarish](/uz/production): Qabul qilingan buyurtmani sexga uzatish, ishlab chiqarish jarayonini tezlashtirish va har bir mahsulot tannarxini aniq hisoblash.
• Ta’minot va xarid: Omborda yetishmayotgan tovar yoki xomashyoni ortiqcha zaxirasiz, eng optimal hajmda va qulay narxlarda ta’minotchiga buyurtma qilish.
• Ombor hisobi: Mahsulotlarning harakatini, qaysi tovarlar koʻproq sotilayotgani va qaysilari harakatsiz yotganini (nelikvid) koʻrsatish.
• Moliya va tahlil: Qaysi tovardan haqiqiy foyda koʻrilayotganini aniqlash, pul oqimlarini nazorat qilish va umumiy boshqaruv balansini shakllantirish.
Agar kompaniyada faqat CRM boʻlsa-yu, ERP boʻlmasa — sotuvchilar koʻp buyurtma oladi, lekin ishlab chiqarish ulgurmaydi, omborda kerakli tovar topilmaydi yoki mahsulot oʻz tannarxidan arzon sotilib, kompaniya zarar koʻradi.
Xulosa: Biznesga Qaysi Biri Kerak?
Agar kompaniyaning maqsadi faqat mijozlar bazasini yigʻish va qoʻngʻiroqlarni nazorat qilish boʻlsa, CRM kifoya qilishi mumkin.
Biroq biznesda xarid, ombor, logistika, ishlab chiqarish va moliya boʻlimlari mavjud boʻlsa, barcha jarayonlarni bitta joyda boshqarish uchun yaxlit ERP tizimi zarur. SAP Business One tizimi esa oʻz ichiga CRM modulini ham olgan toʻliq ERP platformasi boʻlib, biznesning ham hujum, ham himoya chizigʻini yagona tizimda mustahkamlaydi.
Foydali Havolalar:
• Aylanmada qancha mablagʻingiz harakatsiz turganini Aylanma kapital kalkulyatori orqali hisoblab koʻring.
• Ishlab chiqarish va sotuvni yagona tizimga birlashtirgan korxonalar tajribasini Benefit zavodi keysi orqali oʻrganing.
• Tizimlarning imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun SAP va 1C solishtiruvi maqolasini oʻqing.
• Kompaniyangiz uchun toʻgʻri dasturiy yechimni tanlash boʻyicha Mutaxassislarimiz bilan bogʻlaning.
Davomini oʻqish